Vasilie Adjich: «Yuventus»ga qarshi o'yin men uchun obsesiyaga aylangandi»
Черным по белому ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 20

Vasilie Adjich: «Yuventus»ga qarshi o'yin men uchun obsesiyaga aylangandi»

Vasilie Adjich:

«Men «Yuventus» bilan o'yinni shunchalik uzoq kutdimki. Bu menda obsesiyaga aylangandi, har kuni shu haqda o'ylardim. Maydonga tushib, buyuk klublardan biriga qarshi o'yinda o'z mahoratimni ko'rsatishga oshiqardim. O'yin sanasi 13-raqamga to'g'ri kelganini ko'rganimda esa, darhol bu aqlbovar qilmas tasodif haqida o'yladim. Havoda nimadir borligini his qilardim... gol urish fikri xayolimdan umuman ketmasdi.

Spaletti? O'yindan oldin uchrashib qoldik. Akvilaniga salom berganidan so'ng, u meni izlab zaxira o'rindig'imiz tomon keldi, men unga tomon yurdim va u mavsumni ajoyib boshlaganim bilan meni tabrikladi. Bu ishorasi menga juda yoqdi, buning uchun unga juda minnatdorman.

«Sassuolo»? Bu yerda men barqaror o'ynash uchun ideal sharoit topdim. Balki «Yuve»da ko'proq o'yin vaqti olishim mumkin edi yoki hech bo'lmaganda shunga umid qilgandim. Balki bunga loyiq ham bo'lgandirman, ammo bunday qarorlarni men qabul qilmayman».

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!