📰 Vensan Garsiya (France Football bosh muharriri): ""Real Madrid"ning 2024-yilgi "Oltin to'p" topshirish marosimini boykot qilishi? Men Vinisius g'olib bo'lmaganini bilardim va Rodri bilan farq juda ham kichik edi. Ularni bor-yo'g'i ikki-uch ovoz ajratib turgandi.
Yakshanba kuni soat 10:00 da menga "Madrid"dan qo'ng'iroq qilishdi va shunday deyishdi: "Biz Vinisius "Oltin to'p"ni yutmaganini bilamiz". Kun davomida qo'ng'iroqlar davom etdi va men ularda haqiqatan ham juda aniq ma'lumot borligini tushundim. Shubhasiz, bu men uchun muammoga aylandi.
Bu ma'lumot "Real Madrid"ga qanday yetib borgani hozirgacha men uchun jumboq bo'lib qolmoqda. Ammo o'shanda men o'zimga hammasi bo'lishi mumkinligini aytdim"
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!