Vensan Kompani Keyn va Olise nima uchun asosiy tarkibda maydonga tushmaganini tushuntirdi:
Bu shunchaki ratsional qaror edi. Ular ta'tildan juda kech qaytishdi. «Osnabryuk»ga qarshi o'yin ulardan ko'p kuch talab qildi. Ustuvor vazifa ularning o'sha o'yinda ishtirok etishi edi, chunki bu Kubok bahsi edi. Keyin esa bugungi o'yin uchun qaror qabul qilishim kerak bo'ldi. Ular hali to'liq yuklamani ko'taradigan holatda emas. Bu ratsional qaror edi.
Kompani:
Har bir o'yinning o'z tarixi bor. Bugun, afsuski, tarix shunday bo'ldiki, biz gol ura olmadik. Bu «Shalke»ning xizmatlarini sira kamsitmaydi. Ular haqiqatan ham jonbozlik ko'rsatib kurashishdi va zonalarni a'lo darajada yopishdi. Boshqa tomondan, bugun bizning kontrpressingimiz favqulodda darajada edi, o'z darvozamiz oldida birorta ham vaziyat yaratishga yo'l qo'ymadik. O'zimiz esa bunday himoyaga qarshi ko'plab yaqqol golli vaziyatlar yaratdik, shuning uchun ijobiy jihatlar ham bor. Yakunda natija shunday bo'lib qoldi. «Bavariya»da faqat g'alaba qozongandagina xursand bo'lish mumkin.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!