Vensan Kompani: «Biz hech qachon xotirjamlikka berilmaymiz»
Die Bayern ↗ ●●●●● Matbuot 👁 33

Vensan Kompani: «Biz hech qachon xotirjamlikka berilmaymiz»

💭 ⚽️ Vensan Kompani:

«G'alabadan juda mamnunman. Maykl Olise va Harri Keyn biz bilan atigi uch marta mashg'ulot o'tkazishdi va 90 daqiqa maydonda harakat qila olishdi. Mening davrimda ta'tildan 3-4 kilogramm ortiqcha vazn bilan qaytardik. Endi esa yigitlarning shaxsiy murabbiylari bor va ular ajoyib formada qaytishmoqda.
Nene va Saibari bu mavsumda bizga katta yordam berishadi. Shuningdek, safimizga qaytadigan Lenni, Jamal va Serj Gnabri ham bor. Bugungi natijadan qat'i nazar, bu kuchli energiya va har bir to'p, har bir vaziyat uchun kurash bo'ldi. Kimdir o'tgan yili barcha sovrinlarni yutganimiz uchun bizda pasayish bo'ladi deb o'ylashi mumkin. Ammo bu sodir bo'lmaydi, biz xotirjamlikka berilmaymiz va barcha sovrinlar uchun kurashishda davom etamiz».
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!