Vinisius «Barselona»ga qarshi «El-Klassiko»ni diskvalifikatsiya tufayli o'tkazib yuboradi: La Liga forvardni jami 4 ta o'yinga chetlatdi (kataloniyaliklardan tashqari bu «Sevilya», «Rasing» va «Valensiya»ga qarshi bahslar).
Mavsum boshidan beri braziliyalik futbolchi o'zini yo'qotdi, qiz do'sti bilan ajrashdi, deyarli gol ura olmadi, turli nazariyalar va memlar obyektiga aylandi, Salibani yoqasidan oldi va diskvalifikatsiya sabab «Barsa» bilan yil o'yinini (shuningdek, yana 3 ta o'yinni) o'tkazib yuboradi.
Holbuki, «Kamp Nou»ga chiqib, hali ham o'z kuchida ekanligini dunyoga ko'rsatib qo'yishi mumkin edi.
Eng haqiqiy qora (Vinisius uchun to'g'ridan-to'g'ri ma'noda) chiziq. Yoki baribir o'zga sayyoraliklarmi?
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!