🚨 Vinisius va uning vakillari klub rahbariyati bilan hal qiluvchi uchrashuv uchun «Real» bazasiga yetib kelishdi.
Kecha tundan buyon bir qator manbalar braziliyalik futbolchi Madridning shartnomani uzaytirish bo'yicha so'nggi taklifini rad etgani haqida xabar tarqatmoqda.
O'tgan oyda «Real Madrid» Vinisiusga 2031-yilga qadar mo'ljallangan, mavsumiga 22 million yevro maosh to'lanadigan yangi shartnoma taklif qilgandi. Biroq vinger klubning so'nggi taklifini qabul qilmadi.
Shunga qaramay, «Madrid» taslim bo'lmoqchi emas, shu bois bo'lajak uchrashuvda Vinisiusni yangi bitim imzolashga ko'ndirishga yana bir bor urinib ko'rishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!