🚨 Vinisius Junior «El-Klasiko» va «Mestalya»dagi bahsni o'tkazib yuboradi!
Ispaniya futbol federatsiyasi intizom qo'mitasi «Vilyarreal»ga qarshi o'yindagi chetlatishdan so'ng Vinisius Juniorni to'rt o'yinga diskvalifikatsiya qildi.
❌ Ikki o'yin — raqibining sochidan tortgani uchun.
❌ Yana ikki o'yin — chetlatilgandan keyin hakamga nisbatan xulq-atvori va e'tirozlari uchun.
📅 Diskvalifikatsiya tufayli braziliyalik futbolchi «Sevilya», «Barselona», «Rasing» va «Valensiya»ga qarshi bahslarni o'tkazib yuboradi.
🔥 Shu tariqa, agar «Real»ning apellyatsiyasi jazo muddatini qisqartirmasa, Vinisius 7-noyabr kuni «Mestalya»da maydonga tushmaydi.
Sizningcha, to'rt o'yinlik diskvalifikatsiya adolatlimi? 👀
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!