Vinisius: "Muxlislar Chempionlar ligasi finallaridagi gollarimni hech qachon unutishmaydi"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 21

Vinisius: "Muxlislar Chempionlar ligasi finallaridagi gollarimni hech qachon unutishmaydi"

Vinisius: "Muxlislar Chempionlar ligasi finallaridagi gollarimni hech qachon unutishmaydi"

"Qirollik klubi" vingerining intervyusi

"Yaqin vaqt ichida 16-chempionlikni qo'lga kiritamiz deb umid qilamiz. Biz bunga tayyormiz, shuning uchun joriy mavsumda ham Chempionlar ligasida zafar quchamiz deb o'ylayman".
"Inter"ga qarshi bo'lajak o'yin (08.09, 22:00 msk)? Unga avvalgi o'yinlardagi kabi yaxshi tayyorgarlik ko'rishga umid qilamiz. "Betis"dan uchralgan mag'lubiyatga qaramay, mavsumni a'lo darajada boshladik. O'sha bahsda yaxshi o'ynadik, raqib darvozasi oldida ko'plab xavfli vaziyatlar yaratdik... Eng muhimi ham shu. Biz "Real Madrid"ni yana cho'qqiga qaytarishga to'liq e'tibor qaratishimiz kerak. Biz doimo shunga intilamiz".
"Chempionlar ligasidagi ilk golim? Bu orzularimning ushalishi edi. Bunchalik ko'p gol urishim va "Madrid"da shuncha yil o'tkazishimni tasavvur ham qila olmasdim. 26 yoshda dunyoning eng katta klubi vitse-kapitani bo'lish men va oilam uchun juda katta ahamiyatga ega. Men Madridga Braziliyadagi juda kambag'al oiladan kelganman. Ushbu klub tarixini yozishda davom etmoqchiman. Ishonamanki, muxlislarimiz uchun yana ko'plab gollar urib, Chempionlar ligasi sovrinini bir necha bor yutib olaman".
"2022 va 2024-yilgi Chempionlar ligasi finallaridagi gollarim hayotimdagi eng muhimlari. O'z gollarim bilan "Madrid"ga Chempionlar ligasi titullarini olib kelishimni tasavvur ham qilmagandim. Bu to'plar tarixda abadiy qoladi. Na men, na muxlislar ularni hech qachon unutamiz".
"Tanamni jimirlatib yuboradigan tovush? "Madrid" madhiyasi. Men uni har doim kuylayman".
"Bernabeu"dagi eng sevimli o'yinim? 2024-yilgi Chempionlar ligasi yarim finalining "Bavariya"ga qarshi javob bahsi".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!