Virgil van Dijk transferlar haqida:
Hamma sifatli o'yinni ko'rishni istaydi. Men klub va rahbariyat to'g'ri qarorlar qabul qilishiga to'liq ishonaman. Hozircha faqat shu narsani ayta olaman.
Nima bo'lishidan qat'i nazar, biz «Liverpul»miz va bor kuchimiz bilan harakat qilishimiz kerak.
Mavsum boshlanishi haqida:
Umid qilamanki, kelasi hafta murabbiy bizdan talab qilayotgan o'yinga yaqinroq bo'lamiz. Aytganimdek, biz har kuni shu ustida ishlayapmiz. Mashg'ulot maydonida ko'p vaqt o'tkazyapmiz va bu barchamizga, jumladan, sodiq muxlislarimizga ham foyda keltiradi.
Mavsum endigina boshlandi va agar bugun nima bo'lganidan qat'i nazar, darhol vahimaga tushadigan bo'lsak, bu bizni eng yaxshi holatga olib kelmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!