X. Maldini (Cope eksperti): «Kurtua — men ko'rgan eng yaxshi darvozabon. Shu sababli, Tiboning «Madrid»dagi vorisi bo'ladigan har qanday darvozabon undan kuchsizroq bo'ladi.
Men X. Garsiyani yaxshi ko'raman, lekin u «Real Madrid»ga o'tmaydi. Oblakmi? La Ligada bir nechta ajoyib darvozabonlar bor. Oblak «Madrid»da Kurtuaga juda yaxshi o'rinbosar bo'lishi mumkin edi.
Lekin men jamoada Rayani ko'rishni istardim. U ajoyib darvozabon va Kurtuaning buyuk vorisiga aylanishi mumkin. Qolaversa, Rayaning transferi — eng real variant».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!