Xaver Agirre «Real»ga qarshi o'yin oldidan matbuot anjumanida quyidagicha fikr bildirdi:
Mou-rinyu — yaxshi do'stim. Men uni ko'p yillardan beri bilaman. U futbol tarixiga kirgan buyuk murabbiy. U nimaiki demasin, hammasi to'g'ri.
U ajoyib yigit, mehribon. Menda avvallari ham shunday tartibsizroq xarakterga ega o'yinchilar bo'lgan, lekin u yaxshi yigit.
Men undan to'p bilan ko'rsatayotgan tajovuzkorlikni to'psiz ham namoyish etishini istayman. Men undan ko'proq intensivlik talab qilaman. U o'z imkoniyatiga ega bo'ladi.
Menga qanday yorliqlar yopishtirishni istashlari baribir. Men faqat g'alaba qozonishni va jamoani bu vaziyatdan olib chiqishni xohlayman. Bu faqat g'alabalar orqali amalga oshiriladi, nuqta.
Biz yaxshi suhbatlashib oldik. Men uni yaxshi, ma'naviy jihatdan tetik holatda ko'rdim. U bizning o'yinchi va biz barchadan foydalanishimiz kerak.
Menga Danjuma markaziy hujumchi pozitsiyasida yoqadi, chunki qanotda u himoyada ham ishlashga majbur bo'ladi, shunda maydon uning uchun juda uzun bo'lib qoladi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!