La Liga prezidenti Xaver Tebas qanday qilib 'Real Madrid' ishqiboziga aylangani haqida gapirib o'tdi:
'Qanday qilib 'Real Madrid'ga muxlislik qila boshlaganman? Birinchi marta 'Real' o'yinini televizorda ko'rganman. Esimda, akam bilan 'El-Klasiko'ni tomosha qilardik. U 'Barselona'ga, men esa 'Real Madrid'ga muxlislik qilardik. Aynan o'sha paytda bizda futbolga nisbatan o'ziga xos ehtiros va muhabbat uyg'ongan.
Akam hozirgacha 'Barselona'ga muxlislik qiladi, men esa 'Real Madrid'ga. Maktabdagi do'stlarim bilan yig'ilganimizda, 'Barselona' va 'Madrid' muxlislari o'rtasidagi bahslarsiz birorta ham kecha o'tmasdi.
Esimda, biz 'Madrid' muxlislari: 'Bizning klub 6 marta Chempionlar kubogini yutgan', derdik. 'Barselona' ishqibozlari esa bizga: 'Dinozavrlar ham mavjud bo'lgan!', deb javob qaytarishardi. Men bu gapni hech qachon unutmayman'.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!