Tebas (La Liga prezidenti): "Real Madrid" — La Liganing eng isyonkor klubi. Bu "Madrid" rahbariyati futbolga men kabi emas, butunlay boshqacha nigoh bilan qarashi bilan bog'liq.
Primera — dunyodagi eng yaxshi chempionat. So'nggi 20 yil ichida biz aqlbovar qilmas tizim yaratdik va endi erishgan yutuqlarimizni yo'qotmaslik uchun uni himoya qilishimiz kerak. Bu poyezdda "Madrid" va "Barselona" kabi lokomotivlar bor, ammo bizga qolgan vagonlar ham kerak.
La Liga klublarining telehuquqlar sotuvidan tushadigan daromadlarini taqsimlash prinsipini o'zgartirish masalasiga kelsak, bu savol 2015-yil may oyida qabul qilingan qonun bilan tartibga solinadi va u daromadlarni taqsimlash tartibini belgilab bergan. Eng ko'p va eng kam daromad oladigan klublar o'rtasidagi farq 3,5 barobardan oshmasligi kerakligi belgilangan.
Ayrimlar ko'proq pul olish uchun qirollik farmonini o'zgartirish tarafdori. Bu taklifni muhokama qilish kerak — amaldagi qoidalarni qayta ko'rib chiqish vaqti keldi. Masalan, APL klublari telehuquqlar sotuvidan ko'proq daromad olishadi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!