Xaver Tebasning «Real Madrid» rasmiy bayonotiga javobi:
Men bayonotni o'qib chiqdim. Undagi bir jumla bilan to'liq qo'shilaman: La Liga prezidenti musobaqaning egasi emas. «Real» prezidenti ham.
Barcha klublarni ifodalash — ular o'rtasidagi tenglik va adolatni himoya qilishni anglatadi. Shu jumladan, «Real»siz «La Liga hech narsaga arzimaydi» yoki hakamlar «ularni boqayotgan biznesga zarar yetkazmoqda» deb ta'kidlanganda ham. Mening javobimga sabab bo'lgan ushbu bayonotlar haqida sizning munosabatingizda bir og'iz ham so'z yo'q.
Endi siz «mustaqil» jurnalistga javob berganimni ro'kach qilyapsiz. Ammo na bu narrativ yangi va na diqqatni boshqa muammolardan chalg'itish strategiyasi. Siz yillar davomida buni Real Madrid TV va o'z spikerlaringiz orqali, turdan-turga buzib ko'rsatilgan chempionat haqida gapirib amalga oshirib kelmoqdasiz. O'z televideniyangiz va klub tuzilmalaringiz orqali o'zingiz qo'llab-quvvatlayotgan diskursni boshqalarning fikri deb ko'rsatishga urinmang.
Siz mendan musobaqaning xolisligiga bo'lgan ishonchni mustahkamlashga ko'maklashishimni talab qilyapsiz. Aynan shuning uchun ham men hakamlar «Real»ga qarshi harakat qilmoqda degan da'voni rad etaman. Muayyan hakamlik qarorini tanqid qilish — bu qonuniy. Ammo jamoaga zarar yetgan har bir holatni ta'qib qilishning dalili deb atash — bu butunlay boshqa narsa. Nahotki bu ishonchni mustahkamlasa yoki aksincha, Ispaniya futboli imidjiga zarar yetkazsa?
Siz betaraflikni mustaqillik bilan adashtirmoqdasiz. Agar betaraflik deganda siz to'g'ri va noto'g'rini ajratmasdan, umuman biron bir pozitsiyani egallashdan bosh tortishni tushunsangiz, demak, siz mendan o'z mas'uliyatimdan voz kechishimni talab qilmoqdasiz. Mustaqillik — bu bosim va bo'ysunishsiz, mustaqil qaror qabul qilish, barchaga bir xil qoidalarni qo'llash va umumiy manfaatlarni himoya qilishni anglatadi. Bu hatto «Real»ga yoqmasa ham, qaror qabul qilish va pozitsiyani egallash demakdir.
Klub manfaatlarini himoya qilish uning ritorikasini qabul qilishni anglatmaydi. Barcha klublar manfaatlarini ifodalash esa eng nufuzlisiga bo'ysunishni anglatmaydi. Musobaqaning o'zi, La Liganing manfaatlarini himoya qilish kerak.
Men La Liganing egasi emasman va uni go'yoki bitta klubga tegishli bo'lgandek boshqarish niyatida ham emasman. Men barchani hurmat qilaman. Ammo hech kimga bo'ysunmayman.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!