🗣️ Xavyer Tebas:
«Sninglar, folgadan qilingan shlyapalaringizni yeching! Hali sentyabr oyi, ular esa chempionatni soxtalashtirilgan deb atashmoqda. Sog'lom fikrli odamlarning hech biri bu eski bahonaga ishonmaydi.
Oddiy narrativ fitna nazariyasi allaqachon boshlanib ketdi. Gap Negreyra ishi haqida ketmasa, hakamni ayblashadi; hakam haqida bo'lmasa, u xalqaro darajadagi referi emas deyishadi.
Hakamlar «Real Madrid»ga qarshi til biriktirgan deyish — bu boshqa galaktikada yashash bilan barobar. Bu shunchaki mavsumning dastlabki o'yinlarida ko'zga tashlanayotgan boshqa kamchiliklarni yopish uchun bahona. Maydonda nimalar bo'layotganini tushuntirishdan ko'ra, fitnani ko'rsatish osonroq.
Bu takrorlanib kelayotgan bahona endi hech kimni, hech bo'lmaganda bir chimdim sog'lom fikrga ega bo'lgan odamni ishontira olmaydi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!