Xavyer Tebas: "Real Madrid" La Ligani zaiflashtirishga urinmoqda"
ZZoneRM ↗ ●●●●○ Umumiy 👁 39

Xavyer Tebas: "Real Madrid" La Ligani zaiflashtirishga urinmoqda"

La Liga prezidenti Xavyer Tebas "Real Madrid"ning "Barselona"ga qarshi "Negreyra ishi" bo'yicha qilayotgan chiqishlarini tanqid qildi:

"Real Madrid"ning "Barselona"ga qarshi omma oldidagi hujumlari qabul qilib bo'lmas holat. "Real Madrid" bu voqeani saqich kabi chaynashda davom etib, jarayonni ataylab cho'zmoqda. Ko'rinishidan, "Madrid"da Negreyra jamoa o'ynaydigan har bir stadiondagi hakamlar xonasida hozir bo'ladi deb hisoblashadi.
"Barselona" agar kerak bo'lsa, javobgarlikka tortilishi kerak. Ammo hozir "Barselona"ni hech narsada ayblab bo'lmaydi, chunki sud jarayonini kataloniyaliklar emas, aynan "Real Madrid" cho'zmoqda.
"Negreyra ishi" "Manchester Siti"ning moliyaviy feyr-pley qoidalarini buzganligi bilan bog'liq emas. "Siti" bilan sodir bo'lgan voqea "Negreyra ishi" bo'yicha tergovga hech qanday ta'sir o'tkaza olmaydi. Qaror UEFAda emas, aynan shu yerda, Ispaniyada qabul qilinishi kerak.
"Real Madrid" La Liga qilayotgan barcha ishlarga qarshi chiqmoqda va televideniye huquqlarini taqsimlash bo'yicha o'z harakatlari bilan bizga ulkan zarar yetkazmoqda. Bu zarar nafaqat Primeraga, balki barcha Ispaniya klublariga ta'sir qiladi. "Madrid"ning maqsadi - Superliga kabi boshqa turnirlarni ilgari surish uchun La Ligani zaiflashtirish.
"Rasing" darvozasiga Mbappega nisbatan ishlatilgan qo'pollikdan so'ng belgilangan penalti? Bu 11 metrlik jarima zarbasini bekor qilish kerak edi".
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!