Xavyer Tebas "Real Madrid" rahbariyatini manipulyatsiyada aybladi
Real Madrid CF ↗ ●●●●○ Matbuot 👁 34

Xavyer Tebas "Real Madrid" rahbariyatini manipulyatsiyada aybladi

🗣️ Xavyer Tebas o'zining rasmiy X sahifasida "Real"ga qarata katta murojaat e'lon qildi:

So'nggi ikki kun ichida sodir bo'layotgan voqealar mening haq ekanligimni tasdiqladi. 16-oktyabr kungi nashrimda men El Debate'dan Tomas Gonsales-Martinni "Real" rahbariyatining karnayi deb atagan edim. O'sha kuni klub bayonot chiqarib, klub bilan bog'liq bo'lmagan jurnalistlarning fikrlaridan masofa saqlashini ma'lum qildi. Men "Real"dan klub manbalariga tegishli deb ko'rsatilgan Negreyra bilan taqqoslashlarni va La Liga ataylab o'yinlar jadvali orqali jamoaga zarar yetkazayotgani haqidagi ayblovlarni rad etishni talab qildim. Shuningdek, jadvalni o'zgartirish bo'yicha barcha so'rovlarni e'lon qilishni va ularning qanchasi qanoatlantirilganini, shu jumladan klubni ta'qib qilish versiyasiga to'g'ri kelmaydiganlarini ham ko'rsatib o'tishni so'radim. 18-oktyabr kuni Real Madrid TV yana menga qarshi chiqdi, klub tomonidan muvofiqlashtiriladigan va nazorat qilinadigan muxlislar tribunasi esa: "Bu futbol emas, bu Tebas va Negreyra" degan banner osdi. Nahotki buni ham klub bilan aloqasi yo'q odamlarning fikri deb atashsa? Ayniqsa, aniq shaxslarni ta'qib qilish nishoniga aylantirish xavfli. Avvalroq men tahdid haqida eslatib o'tgan edim: "Men barcha "Real" muxlislarini senga qarshi qayrayman va sen ko'chada bemalol yura olmaysan". 18-oktyabr voqealari rahbariyat bilan kelishmovchiliklar ataylab muxlislarning alohida shaxslarga nisbatan dushmanligiga aylantirilayotgani haqidagi xavotirlarimni kuchaytirmoqda. Klub rahbariyati o'z bayonotlarining oqibatlarini tushunishi shart. Ayblash, obro'sizlantirish va dushmanlikni qo'zg'ash — mas'uliyatsizlikdir. Yana bir misol — klubning 17-oktyabr kungi "xalqaro matbuot" haqidagi nashri. Reuters, BBC va L’Équipe aynan "Real Madrid" tegishli talab bilan chiqqanini xabar qilgandi. Ushbu talabning yoritilishini klub pozitsiyasini qo'llab-quvvatlash deb taqdim etish — manipulyatsiya. "Real" rahbariyati tizimli ravishda manipulyatsiya va haqiqatga to'g'ri kelmaydigan bayonotlarga, shu jumladan rasmiy nashrlarda ham murojaat qiladi. Ular adolatsizlik hissini kuchaytiradi, ayblovlarni takrorlaydi, odamlarni nishonga aylantiradi, keyin esa o'zlarini tanqid qurboni qilib ko'rsatadi. Iste'fomni talab qilishda davom etaverishsin. Axborot manbalari, ayblovlar va o'yinlar jadvali bo'yicha savollar 16-oktyabrdan beri javobsiz qolmoqda.
Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!