🚨 Xil Marin (Atletiko bosh direktori):
Xulianni aldab, uni chalg'itishga qaror qilgan odamlar topildi. Rostini aytsam, bundan juda afsusdaman, chunki uni taniyman, u bilan uzoq vaqtdan beri ishlaymiz. U ajoyib inson, ajoyib professional va ajoyib futbolchi, ammo hozirda u mutlaqo adashib qolgan va shaxsiy hamda professional darajada juda qiyin vaziyatni boshdan kechirmoqda. Uni aldashdi. Unga juda achinaman.
Etika va professionallik yo'qligi bizni g'azablantiradi va nafrat uyg'otadi. Shuni ta'kidlash kerakki, biz hech qanday holatda «Barselona» bilan muzokara olib bormaymiz.
Bizning niyatimiz va mening shaxsiy orzuim — uning biz bilan qolishi.
Agar u Madridda yashash va «Atletiko»da o'ynashni mos kelmaydi deb hisoblasa, biz boshqa variantlarni ko'rib chiqamiz, ammo «Barselona»ga hech qachon rozi bo'lmaymiz.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!