Ruben Uriya: «Atletiko» Xulian Alvaresni «Barselona»ga qo'yib yubormaydi
Ruben Uriya «Atletiko» Xulian Alvaresni «Barselona»ga qo'yib yubormasligini ma'lum qildi. Madrid klubi futbolchini faqat tovon puli evaziga qo'yib yuborishi mumkin.
⚡️ Ruben Uriya: «Atletiko» «Barselona» sport direktori Deku Madridga argentinalik futbolchining agenti bilan muzokara o'tkazish uchun kelganiga qaramay, Xulian Alvaresni qo'yib yubormaydi.
«Ular Donald Tramp bilan ham, Donald Dak bilan ham, xohlagan odami bilan uchrashishi mumkin», – deydi Uriya. U forvardning «Atletiko» bilan amaldagi shartnomasi borligini va Madrid klubi bosh direktori Migel Anxel Xil Marin bu ish bilan «shaxsan shug'ullanayotganini» ta'kidladi.
«Hatto Dekuning tashrifi ham uni «Barselona»ga bir qadam bo'lsa ham yaqinlashtira olmaydi. 490 million yevro tovon puli – yoki futbolchi jamoada qoladi», – deya qayd etdi jurnalist.