🚨 Xil Marin Xulian Alvares haqida:
"Biz Xulianni qo'llab-quvvatlashda davom etamiz va unga g'amxo'rlik qilamiz. U o'z salohiyatini to'liq namoyish etishi kerak, chunki Yevropaning eng yirik klublari bilan raqobatlashishimiz uchun u bizga juda zarur.
Shuni tushunishimiz kerakki, so'nggi oylarda Xulian o'z professional faoliyati borasida eng yaxshi maslahatchilarga ega emas edi.
Boshqa klublar va ular bilan bog'liq OAV biz nima qilishimizni hal qilishiga, sport strategiyamizni belgilashiga va bizga nisbatan hurmatsizlik qilishiga yo'l qo'ya olmaymiz.
Ular aynan shunga urinishmoqda: bizni parchalashga. Shubhasiz, biz ular kabi kuchli emasmiz, ammo o'z qadriyatlarimizga egamiz. "Atletiko" muxlislari ularga bizni zaharlashlariga yo'l qo'ymaydi. "Atletiko" barchamiz birlashganimizda kuchli".
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!