Julian Alvares va Atletiko o'rtasidagi munosabatlar keskinlashdi
Martin Arevalo xabariga ko'ra, Atletiko bosh direktori Migel Anxel Xil Marin Xulian Alvaresning xatti-harakatlaridan norozi.
Martin Arevalo xabariga ko'ra, Atletiko bosh direktori Migel Anxel Xil Marin juda g'azabda. U Xulian Alvares klubni jamoatchilik ko'z o'ngida kichik qilib ko'rsatdi deb hisoblamoqda.
Alvares Atletikoda ortiqcha bir daqiqa ham qolishni istamayapti. U uchun bu voqea hissiy jihatdan yakunlangan – uning qalbi boshqa joyda.
Yaqin vaqt ichida Atletiko ichida Xulian bilan bog'liq vaziyatni muhokama qilish uchun bir nechta uchrashuvlar rejalashtirilgan.