Xil Marin (Atletiko bosh direktori):
Atletiko, xuddi barcha buyuk klublar kabi, buyuk futbolchilar ustiga quriladi va men uchun Xulian shulardan biri ekanligi yaqqol ko'rinib turibdi, qolaversa, u ajoyib professional. Biz o'z qadriyatlarimizga, tarbiyalanuvchilarimizga va boshqa jamoalardan jalb qila oladigan eng yaxshi futbolchilarimizga tayangan holda kurashishimiz kerak.
Biz Xulianni qo'llab-quvvatlaymiz va uning bor salohiyatini ochib berishi uchun g'amxo'rlik qilishda davom etamiz, chunki Yevropa grandlari bilan raqobatni davom ettirishimiz uchun u bizga kerak.
Shuni tushunishimiz kerakki, so'nggi oylarda Xulianning yonida uning professional faoliyati masalalari bo'yicha eng yaxshi maslahatchilar bo'lmadi. Atletiko boshqa klublar va ular bilan bog'liq OAVga biz nima qilishimizni hal qilishiga, sport strategiyamizni diktatsiya qilishiga va bizga hurmatsizlik ko'rsatishiga yo'l qo'ymaydi. Ular aynan shunga erishmoqchi: bizni parchalashga. Biz ular kabi nufuzli emasligimiz tushunarli, ammo bizda qadriyatlar bor. Biz, Atletiko muxlislari, ularning bizni zaharlashiga yo'l qo'ymaymiz. Atletiko barchamiz birga bo'lganimizda kuchli.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!