Ronald Arauxo ijara asosida ketishi mumkin
Jijantes FC xabariga ko'ra, Ronald Arauxo ijaraga ketishga qaror qildi va ertaga klub xodimlari bilan xayrlashadi.
Jijantes FC xabariga ko'ra:
"Barselona" Ronald Arauxoni ijaraga berishni istamagan edi. Xansi Flik futbolchining mavsumoldi o'yinlaridagi harakatlaridan juda mamnun bo'lgan.
Arauxo klub uchun eng yaxshisini istashini va ijaraga ketish barcha tomonlar uchun eng maqbul variant ekanligini aytgan.
Ertaga u jamoadoshlari va klub xodimlari bilan xayrlashadi.