Karlos Monfort (🌖) xabariga ko'ra, Xil Marin bir necha kundirki, Alvaresning u bilan gaplashib olish istagidan xabardor. Biroq, «Atletiko» bosh direktori klub pozitsiyasi allaqachon ma'lum deb hisoblagani uchun yana bir bor suhbatlashishni lozim topmayapti.
Xulian va uning agentlari yaqin kunlarda qanday yo'l tutishni, xususan, Xil Marin bilan qanday qilib yuzma-yuz suhbatga erishishni o'ylashmoqda. Futbolchi navbatdagi bayonotlar bilan chiqish o'rniga, shaxsan gaplashib olishni istaydi.
Xulian biror marta ham «Atletiko» o'yinchisi sifatidagi majburiyatlarini bajarmaslik yoki ish tashlash kabi choralarni ko'rib chiqmagan.
U vaziyatni muloqot yo'li bilan va o'zi shartnoma imzolagan klubga hurmat saqlagan holda hal qilish niyatida.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!