David Medina xabariga ko'ra, Xulian Alvares bugun ertalab klub bilan bog'lanib, o'zini yomon his qilgani va mashg'ulotlarda qatnasha olmasligini ma'lum qilgan, bu esa vaziyatni yanada murakkablashtirdi.
Atletiko Madrid klubi vaziyatni to'g'rilashning yagona yo'li deb Xulianning uzr so'rashi va agenti Fernando Idalgoni ishdan bo'shatishini hisoblamoqda.
Ta'kidlash joizki, so'nggi kunlarda Xulian bilan Idalgodan ko'ra, uning ikkinchi agenti Serxio ko'proq birga bo'ldi. Idalgo esa ikkinchi planga o'tib qolgan.
Yakshanba kuni Metropolitano stadionida yuz bergan voqealardan so'ng, Xulian o'zi uchun yagona variant sifatida Arsenalni ko'rmoqda.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!