Isaak Suares (🌖): «Atletiko» Xulianning «Barselona»ga o'tish orzusi amalga oshmasligini, buning uchun kataloniyaliklar 500 million yevro to'lashi kerakligini ochiqchasiga ma'lum qildi.
«Arsenal» varianti ham barcha tomonlarning istagi yo'qligi sababli yaqin ko'rinmayapti. Xulian «Atletiko»da qolmaslik uchun yagona yo'l «Arsenal»ga o'tish ekanligini tushunib turibdi. Biroq uni «Barselona»dan boshqa klubda o'ynash istiqboli qiziqtirmayapti, «Atletiko»ga esa Londondan taklif etilgan shartlar ma'qul kelmayapti.
Agar transfer oynasining so'nggi haftasida kutilmagan burilish yuz bermasa, Xulian vaziyatni qabul qilishdan boshqa chorasi qolmaydi. Ammo uning agenti yakunda «Arsenal» bilan muzokaralarni davom ettirishni talab qilishi ham istisno etilmaydi.
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!