«Real Madrid» vingeri klub matbuot xizmatiga bergan intervyusida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
«Meni «Real Madrid»ga o'tishimda yordam bergani uchun Mourinyoga minnatdorchilik bildirmoqchiman, chunki biz bunga qadar ham gaplashib olgandik. Men aynan u va, albatta, klub rahbariyati tufayli «Madrid»ga qo'shildim. Men juda baxtliman. «Madrid» rahbarlariga ham, Joze Mourinyoga ham menga ishonganlari uchun rahmat».
«Kiyinish xonasida ajoyib futbolchilarning borligi doim yaxshi. Ulardan ko'p narsani o'rganish mumkin. Avval aytganimdek, ilgari bu futbolchilarni televizor orqali kuzatardim, endi esa bir kiyinish xonasini baham ko'ryapmiz. Bu shunchaki aqlbovar qilmas holat!».
«Madrid»ning yuqori talablari? Bu klubda hamma narsa boshqacha. Bu yerda o'ynash boshqa jamoalarga qaraganda qiyinroq. Ammo bu tabiiy hol, chunki «Real Madrid» — tarixidagi eng buyuk klub. Dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'lish uchun boshqa klublarga qaraganda ko'proq ishlash kerak. Men aynan shunga intilyapman».
«Nega aynan «Real Madrid»ni tanladim? Chunki bu dunyoning eng yaxshi klubi. Agar siz bilan «Madrid» bog'lansa, «yo'q» deya olmaysiz. Hammasi juda oddiy. «Madrid» bilan muvaffaqiyatlarga erishishni va jamoaga barcha sovrinlarni yutishda yordam berishni istayman. «Madrid»da ekanligimdan juda xursandman».
«Shaxsiy fazilatlarim? Gapirishga biroz uyalaman. Qolaversa, jamoa dinamikasini o'rganib, birgalikda ulkan muvaffaqiyatlarga erishishni xohlayman».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!