Yan Sasse — «Neftchi» futbolchisi
FC NEFTCHI ↗ ●●●●● Transfer 👁 23

Yan Sasse — «Neftchi» futbolchisi

Yan Sasse — «Neftchi»ning yangi futbolchisi!

Yhan Medeiros Sasse 1997-yil 24-iyunda Braziliyaning Porto Alegre shahrida tug‘ilgan. Hujumkor yarim himoyachi sifatida faoliyat yuritadigan futbolchining bo‘yi 1,73 metr, asosiy oyog‘i esa — chap oyoq.

Faoliyati davomida Coritiba, Vasco da Gama, Çaykur Rizespor, América-MG, Wellington Phoenix va Espérance safida to‘p tepgan. Turli chempionatlarda 100 dan ortiq rasmiy uchrashuvlarda maydonga tushgan.

Espérance safida Ligue 1 doirasida 60 ta uchrashuvda 18 ta gol urgan. 2024/25 mavsumida esa chempionatda 27 o‘yinda 10 ta gol qayd etgan.

Sasse 2025-yilgi Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionatida ham ishtirok etgan. U Flamengo, Los Angeles FC va Chelseaga qarshi jami 3 ta uchrashuvda 156 daqiqa maydonda bo‘lgan.

Transfermarkt bo‘yicha futbolchining eng yuqori bozor qiymati — 1,4 mln yevro.

Endi esa braziliyalik futbolchining yangi manzili — Farg‘ona!

Yan Sasse — «Neftchi»ga xush kelibsan!

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!