Yasin Ayari uchun "Roma" va "Borussiya" kurash olib bormoqda
АS ROMA ↗ ●●●●○ Transfer 👁 25

Yasin Ayari uchun "Roma" va "Borussiya" kurash olib bormoqda

Fussballdaten.de xabariga ko'ra, "Brayton" yarim himoyachisi Yasin Ayari "Roma" va Dortmundning "Borussiya" klublari e'tiboriga tushgan.

Shvetsiyalik futbolchining amaldagi shartnomasi 2027-yilning 30-iyuniga qadar mo'ljallangan. Dortmundliklar allaqachon futbolchining vakillari bilan bog'lanishgan bo'lsa, "Roma" ingliz klubiga murojaat qilib, uni sotib olish huquqi bilan ijaraga olish bo'yicha taklif tayyorlamoqda. "Brayton" esa futbolchini to'liq transfer qilish tarafdori va u uchun 45-50 million yevro atrofida mablag' talab qilmoqda.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!