🗣️ Yuri Tilemans:
«Kim menga tezroq moslashishimga yordam berdi? Birinchilardan bo'lib Brunu Fernandesh men bilan bog'landi.
Men uchun bu juda muhim, ayniqsa gap jamoa sardori haqida ketganda – bunday inson seni qo'llab-quvvatlashga tayyor ekanini bilish yoqimli.
Qolgan yigitlar bilan tanishganimda esa, muhit juda ijobiy ekaniga guvoh bo'ldim. Meni bu yerda haqiqatan ham kutishganini ko'rish mumkin edi.
Jamoa senga tayanayotganini darrov his qilasan, futbolchi uchun esa bu juda muhim.
O'ylaymanki, Brunu bilan birga o'ynashimiz bizga qulay bo'ladi. U ajoyib ochiladi va bo'sh hududlarni yaxshi his qiladi, shuning uchun mening vazifam – unga to'pni o'z vaqtida yetkazib berish. U esa vaziyat yarata oladi va birgalikda jamoamizga oldinga siljishda yordam bera olamiz. Umid qilamanki, hamkorligimiz natija beradi».
Izohlar (0)
Izoh qoldirish uchun tizimga kiring.
Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!