Yuventus darvozabon izlashda Vikariodan oldin 6 ta nomzodni ko'rib chiqqan
Черным по белому ↗ ●●●●○ Transfer 👁 8

Yuventus darvozabon izlashda Vikariodan oldin 6 ta nomzodni ko'rib chiqqan

Nikolo Skira xabariga ko'ra, Vikario "Yuventus" rahbariyati ko'rib chiqqan 7-variant bo'lgan:

Alisson: Komolli davridayoq darvozabonni tarkibga qo'shib olishga urinishlar bo'lgan.

Martines: Argentinalik posbon yangi rahbariyat uchun ustuvor maqsad edi. Kelishuv barmoq jarohati sabab amalga oshmay qoldi (operatsiya talab etiladi / tiklanish 3 oy).

Svilar: Iyun oyida darvozabonni sotib olishga urinish bo'lgan, ammo "Roma" qat'iy rad javobini bergan.

Karnesekki: "Yuventus" pul + Di Gregorio taklif qilgan, biroq "Atalanta" 50 million yevro talab qilgan.

Sudzuki: "Yuventus" dastlab uni "Parma"dan sotib olmoqchi bo'lgan, keyinroq esa "PSJ"dan ijaraga olishga uringan, ammo yaponiyalik darvozabon zaxirada qolishni istamay, Parijga o'tishni rad etgan. Yakunda u "Aston Villa"ga o'tdi.

Trubin: "Benfika" 35 million yevro evaziga majburiy sotib olish sharti bilan ijarani talab qilgan. "Yuventus" futbolchilarni sotmasdan turib, bunday mablag'ni sarflashga qodir emas.

Ulashish

Izohlar (0)

Hozircha izoh yo'q. Birinchi bo'lib fikr bildiring!