Liverpool 16 yoshli himoyachi Dar Jikiyemini o'z safiga qo'shib oldi
«Liverpul» «Seltik»ning 16 yoshli himoyachisi Dar Jikiyemini o'z safiga qo'shib oldi. Shartnoma rasman imzolandi.
Bredli Barkolya bilan bir qatorda, «Liverpul» «Seltik»ning 16 yoshli markaziy himoyachisi va Shotlandiya U-16 terma jamoasi sardori Dar Jikiyemini o'z safiga qo'shib olganini tasdiqladi.
Ushbu transfer haqida avvalroq ma'lumotlar bor edi, ammo bugun rasman — barcha hujjatlar rasmiylashtirildi, shartnoma imzolandi va o'tish jarayoni yakunlandi.