Karlos Baleba sentabr o'rtalarida safga qaytishi kutilmoqda
Karlos Baleba sentabr o'rtalarida safga qaytishi kutilmoqda. U oktabr oyiga qadar maydonga tushmasligi ham mumkin.
✍️ Danyal Xan, Adrian Kajumba:
Karlos Baleba sentabr oyining o'rtalarida, ya'ni "Manchester Siti" va "Fulxem"ga qarshi o'yinlar arafasida safga qaytishi kerak.
Shuningdek, Baleba terma jamoalar o'yinlari uchun yuzaga keladigan uch haftalik tanaffus sababli oktabr oyiga qadar "Yunayted" safida maydonga tushmasligi ham mumkin. Bu unga moslashish uchun yetarlicha vaqt beradi va Chempionlar ligasi hamda kubok bahslariga boy bo'lgan kuzgi taqvimga tayyorgarlik ko'rish imkonini yaratadi.