Manchester United Ian Matsen variantini ko'rib chiqdi
Sky Sports xabariga ko'ra, Manchester Yunayted Ian Matsen nomzodini o'rgangan, biroq Aston Villa futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi.
🗣️ Daniel Xon, Sky Sports:
Manchester Yunayted Ian Matsen nomzodini ko'rib chiqqan edi, ammo Aston Villa himoyachi bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
Mankunianlar hamon chap qanot himoyachisi pozitsiyasini kuchaytirish uchun mavjud variantlarni baholamoqda.
Klub shoshilish niyatida emas, biroq bozorda haqiqatan ham munosib futbolchi paydo bo'lsa, transferni amalga oshirishga tayyor.