Kalyari direktori: Romano qishda jamoani tark etmaydi
«Kalyari» sport direktori Akkardi «Inter» qiziqish bildirayotgan Romano qishda jamoani tark etmasligini ma’lum qildi.
«Kalyari» sport direktori Akkardi: «Inter»ning Romano bilan qiziqishi? Biz u e’tiborni torta boshlagan futbolchi ekanligidan to‘liq xabardormiz. Yanvar oyida transfermi? Bu istisno. Biz bunchalik tez fursatda bunday qimmatli futbolchini qo‘yib yuborish haqida o‘ylamayapmiz. Mening fikrimcha, u Barella darajasiga yetib bora oladi».