Alan Pardyu: «Arsenal»ga qarshi o'ynash juda qiyin
Alan Pardyu «Arsenal»ning o'yin uslubi va jamoaning raqiblariga ko'rsatayotgan bosimi haqida o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.
🗣 Alan Pardyu «Arsenal»ga yuqori baho berdi:
«Arsenal» — men o'yinini ko'rgan eng qiyin jamoalardan biri. Gap faqat jamoaning to'p bilan nimalar qilayotganida emas. Raqiblar uchun «Arsenal»ga qarshi bitta bo'lsa ham vaziyat yaratish nihoyatda qiyin. Uning futbolchilari ulkan jismoniy kuch va tezlikka ega, ikkita markaziy himoyachi esa o'zlariga yetib kelgan deyarli har qanday hujumni bartaraf etadi. Va bu «Arsenal»ga qarshi o'ynaganda duch keladigan birinchi muammo.
Ba'zilar «Arsenal» ochiq futbol o'ynamaydi va tomoshabop o'yin ko'rsatmaydi, deyishadi. Ammo haqiqat shundaki, u raqiblarini shunchalik yomon ko'rinishga majbur qiladi. O'yindan keyin «Everton» muxlislaridan biri shunday deganini eshitdim: «Biz bugun hatto urinib ham ko'rmadik». Men esa o'yladim: «Yo'q, sizlar aniq urinib ko'rdingiz». Ba'zida jamoa maydonda umuman hech narsa qilmayotgandek tuyuladi. Ammo bu ular harakat qilmayotgani uchun emas, balki raqib shunchalik kuchli, tartibli va jismonan ustun ekanligiki, shunchaki hech narsaga yo'l qo'ymaydi. Aynan shuni biz kecha ko'rdik.
«Arsenal» hujumda bir nechta yaxshi vaziyat yaratdi, lekin u ochiq hujumkor futbol o'ynamaydi. Ba'zida uning o'yinlarini tomosha qilish hatto biroz zerikarli. Va mana qiziq jihati. Stadiondagi «Arsenal» muxlislari bunga allaqachon ko'nikib qolganga o'xshaydi. Go'yo ular: «G'alaba qozonayotgan ekanmiz, hech qanday muammo yo'q», deyishayotgandek. Tribunalarda hafsalasizlikni sezmaysiz. Muxlislar ko'proq gol, ko'proq hujum yoki boshqacharoq o'yin talab qilishmaydi. Ular o'yin og'ir va yopiq bo'lishini tushunishadi, lekin shu bilan birga jamoalari yakunda g'alaba qozonishiga ishonishadi. Va aynan shu narsa yuz berdi».