Aleks Telles «Manchester Yunayted»dan «An-Nasr»ga o'tishi haqida gapirdi
Aleks Telles «Manchester Yunayted»dan «An-Nasr»ga o'tishi va Krishtianu Ronaldu bilan birga o'ynashi haqida so'zlab berdi.
Aleks Telles «Manchester Yunayted»dan «An-Nasr»ga o'tishi haqida gapirdi:
«Agentim «An-Nasr»ning qiziqishi haqida xabar berganida, Krishtianuga shunday deb yozdim: «Agar uzatmalar kerak bo'lsa, men yo'lga chiqdim».
U qo'ng'iroqlashishni taklif qildi va agar hammasi uning qo'lida bo'lganida, transfer amalga oshgan bo'lishini aytdi. Taxminan 20 kundan so'ng men allaqachon klubda edim.
U bitimga ta'sir qildimi yoki yo'q, bilmayman, lekin birinchi oyning o'zidayoq biz Arab chempionlari kubogini yutib oldik. U bilan birga sovrin yutish o'zgacha lahza bo'ldi».