#Aleksi Kum — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

O'ng ustun yangiliklari

Aleksi Kum: «Bizda uyaladigan narsa yo'q»

Aleksi Kum: «Bizda uyaladigan narsa yo'q»

Aleksi Kum «AM»ga qarshi o'yindan so'ng jamoaning tayyorgarligi va o'zining maqsadlari haqida gapirdi.

Aleksi Kum «AM»ga qarshi o'yindan so'ng o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi:

«O'ylaymanki, bizda uyaladigan narsa yo'q — biz yaxshi natija qayd etdik va buni kelasi hafta takrorlashga harakat qilishimiz kerak. Mayda kamchiliklarni bartaraf etib, g'alaba bilan qaytish uchun ishlashda davom etamiz. Ushbu tayyorgarlik davrida ham jismoniy, ham taktik jihatdan ko'p ishladik. Murabbiyning uslubi o'z samarasini bera boshlayapti deb o'ylayman. U bizdan qanday o'yin kutayotgani oxirgi ikki uchrashuvda yaqqol ko'zga tashlandi.

Maydonga tushish menga yoqimli bo'ldi, chunki tayyorgarlik davridagi barcha o'yinlarda ishtirok eta oldim. Chempionat boshlanish arafasida va mening maqsadim — imkon qadar ko'proq o'yin amaliyotiga ega bo'lish, ko'proq o'ynash va chaqirilgan paytimda tayyor turish. Men o'yin vaqti bo'yicha kafolat so'ramadim, menga bunday va'da ham berishmadi. Mendan shunchaki har bir mashg'ulotda borimni berishimni so'rashdi. Maydonga tushish imkoniyati tugilishi bilan bor kuchimni ishga solishga harakat qilaman.»