#Alessandro Chirkati — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

«Milan» va «Yuventus» «Parma» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

«Milan» va «Yuventus» «Parma» himoyachisiga qiziqish bildirmoqda

«Milan» va «Yuventus» «Parma» himoyachisi Alessandro Chirkati transferiga qiziqish bildirmoqda. Hozircha tomonlar o'rtasida muzokaralar yo'q.

🔍 «Milan»ning transfer ro'yxatida yana bir nom paydo bo'ldi.

Xorijiy OAV xabariga ko'ra, «rossonerilar» «Yuventus» bilan birgalikda «Parma» himoyachisi Alessandro Chirkati kuzatib borishmoqda.

💪 Og'ir tizza jarohatidan so'ng, yosh markaziy himoyachi yuqori darajaga qaytdi, jahon chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etdi va yana top-klublar e'tiborini tortdi.

💰 Matbuotda 40 million yevrogacha bo'lgan narxlar tilga olinmoqda, biroq hozircha bu oshirilgan baho sifatida ko'rinmoqda. Realroq qiymat — taxminan 25 million yevro.

❗ Hozircha muhimi shundaki: klublar o'rtasida hech qanday muzokaralar yo'q. Bugungi kunda gap faqat qiziqish va vaziyatni monitoring qilish haqida bormoqda.

👀 Voqealar rivojini kuzatamiz. Ehtimol, Chirkati nomi yozgi transferlar vaqtida yana ko'p bora tilga olinar.

O'ng ustun yangiliklari