Kristian Kivu: «Darvozabonlarga sabr kerak»
Kristian Kivu darvozabonlarning xatolari va ularga bo'lgan munosabat haqida fikr bildirdi.
Kristian Kivu: «Men qandaydir xato tufayli keskin xulosa bera olmayman. Bilamanki, darvozabon xato qilganda doim gazetalarning birinchi sahifalarida va jamoatchilik nishonida bo'ladi. Ammo mening vazifam — xotirjamlik va ishonch bag'ishlash, buni Provedel va Di Jennaro uchun ham qilayotganimdek.
Sabr kerak, bizda uchta juda yaxshi darvozabon bor».