Jeff Bezos "Liverpul"ni sotib olishi mumkin
Jeff Bezos boshchiligidagi konsorsium kelgusi bir yil ichida "Liverpul" klubining nazorat paketini sotib olish huquqiga ega bo'lishi mumkin.
Nazorat paketini sotib olish opsiyasi ikki tomonlama emas va FSG tomonidan qo'shimcha kelishuvni talab qilmaydi – ular ushbu paketni sotishga bitim imzolangan vaqtdayoq rozilik berishgan. Ya'ni, qaror to'liq konsorsium ixtiyorida – agar ular kelgusi bir yil ichida "Liverpul" egalariga aylanishni istashsa va buning uchun talab qilinadigan mablag'ni kiritishsa, bu amalga oshadi.
Shuningdek, Jeff Bezos konsorsiumdagi yetakchi investor ekani va unga 1 milliard dollardan ortiq shaxsiy mablag' kiritgani xabar qilinmoqda.