Alidu Seydu «Renn»ni tark etishi mumkin
«Renn» himoyachisi Alidu Seydu transfer oynasining so'nggi kunlarida jamoani tark etishi mumkin. Unga «Strasbur», «Xall Siti» va «Torino» da'vogarlik qilmoqda.
Sacha Tavolieri xabariga ko'ra, «Renn» himoyachisi Alidu Seydu jamoani tark etishga tayyor va transfer oynasining so'nggi kunlarida klubini o'zgartirishi mumkin. 26 yoshli ganalik futbolchiga «Strasbur», «Xall Siti» va «Torino» klublari qiziqish bildirmoqda.