Allan «Manchester Siti»ga o'tgani haqida: «Hayotimdagi eng faxrli lahza»
«Manchester Siti»ning yangi futbolchisi Allan klubga o'tishi va kelajakdagi maqsadlari haqida gapirdi.
Allan «Manchester Siti»ga o'tganidan so'ng o'z taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:
«Men uchun bu shunchaki xayoliy lahza. «Manchester Siti» so'nggi 15 yildagi barcha g'alabalari bilan futbolchilar uchun dunyodagi eng jozibador klublardan biri. Bugun shu yerda o'tirganim va ushbu jamoaga qo'shilganimni ayta olishim — hayotimdagi eng faxrli lahza.
«Men «Palmeyras»ni yaxshi ko'raman va doim yaxshi ko'raman, ammo «Siti»ga o'tish qarori men uchun oson bo'ldi. Men qo'limdan kelgancha eng yaxshi futbolchi bo'lishni istayman va «Siti» vakillari bilan o'tkazgan suhbatlarim meni ishontirdiki, o'z ambitsiyalarimni ro'yobga chiqarish uchun bu klubdan yaxshiroq joy yo'q.
«Men «Manchester Siti» muxlislariga va'da bermoqchimanki, ushbu imkoniyatdan maksimal darajada foydalanish uchun bor kuchimni beraman. Endi og'ir mehnat boshlanadi. Mashg'ulotlarda 100 foiz kuch bilan ishlayman va murabbiyni tarkibdan joy olishga loyiq ekanimga ishontirish uchun qo'limdan kelganini qilaman.
«Maqsadim — «Siti»ga sovrinlar yutishda yordam berishda davom etish. Agar bunga erisha olsam, bu orzularimning ushalishi bo'ladi».