Andrea Butti: "Inter, Milan va Yuventus taqvimini solishtirish mantiqsiz"
Seriya A direktori Andrea Butti "Inter", "Milan" va "Yuventus" taqvimi borasidagi tanqidlarga javob qaytardi.
Seriya A musobaqalar va operatsion faoliyat bo'yicha direktori Andrea Butti:
Bizda La Liga, Liga 1, shuningdek, NBA va NFLda qo'llaniladigan algoritmlar mavjud. Biz taxminlar va yashirin sabablarni izlash bilan ish ko'ra olmaymiz. "Inter", "Milan" va "Yuventus"ning dam olish vaqtini solishtiradigan jadvallarni ko'rganimda, bu menda tabassum uyg'otadi, vaholanki "Milan" va "Yuventus" payshanba kuni o'ynashadi. Bu yerda hatto hech narsani tushuntirishning ham keragi yo'q.
Agar o'tgan dam olish kunlariga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Milan" va "Yuventus"da dam olish uchun ancha ko'proq vaqt bo'lgan. Bu shunday jadvallarni tuzadiganlarning saviyasi pastligidan dalolat beradi.