Ange-Gabriel Kokora uchun kurash qizg'in pallada
Liejning "Standard" klubi himoyachisi Anj-Gabriel Kokora bir qator Yevropa klublari, jumladan "Real Betis" va "Yuventus" nishonida.
"Yuventus" Liejning "Standard" klubi yosh markaziy himoyachisi Anj-Gabriel Kokorani diqqat bilan kuzatmoqda. Uni kelajagi porloq futbolchi sifatida baholashmoqda.
Futbolchiga "Milan", "Real Betis", "Sevilya" va "Marsel" klublari ham qiziqish bildirmoqda. Uning shartnomasi 2027-yilning iyuniga qadar mo'ljallangan. "Yuventus" transfer imkoniyatlarini baholash va raqobatchilardan o'zib ketish uchun himoyachining o'yinini kuzatishda davom etadi.