Matteo Genduzi diskvalifikatsiya qilinishi mumkin
Matteo Genduzi "Lion" bilan o'yindan keyingi provokatsion xatti-harakatlari uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. UEFA intizomiy ish ochishni rejalashtirmoqda.
L'Equipe xabariga ko'ra, Matteo Genduzi "Lion" — "Fenerbaxche" uchrashuvidan keyingi xatti-harakatlari uchun bir o'yindan uch o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
"Fenerbaxche"ning "Lion" maydonidagi g'alabasidan (2:1) so'ng, UEFA yuz bergan voqealar yuzasidan intizomiy ish ochishni rejalashtirmoqda. Sobiq "Marsel" yarim himoyachisi UEFA intizomiy reglamentining 15-moddasi, ya'ni "o'yinchilar va rasmiy shaxslarning noo'rin xulq-atvori" bo'yicha jazolanishi ehtimoli bor.
O'yinchi yoki boshqa shaxsni haqorat qilish, sportga xos bo'lmagan xulq-atvor hamda tomoshabinlarni provokatsiya qilish kabi qoidabuzarliklar shular jumlasidan.
Genduzi "Groupama Stadium"dagi muxlislar tomonidan bosim ostida qolganidan so'ng, ularga nisbatan provokatsion harakatlar qilgan. U tomoshabinlarga nisbatan haqoratli so'zlar ishlatgan va o'ziga xos imo-ishoralarni namoyish etgan.
Shuningdek, "Lion" darvozabonlar murabbiyi Antoniu Ferreyra ham jazolanishi mumkin. U maydonni tark etayotgan fransiyalik futbolchiga tashlanishga uringani uchun UEFA tomonidan uch o'yindan besh o'yingacha diskvalifikatsiya qilinishi mumkin. Bundan tashqari, Ferreyra klub tomonidan ham ichki intizomiy jazolarga tortilishi kutilmoqda.