Twente - Utrecht uchrashuvi vaqtinchalik to'xtatildi
Twente va Utrecht o'rtasidagi o'yin Anxel Alarkonning golidan so'ng yuzaga kelgan mojaro sababli to'xtatildi. Vaut Vegxorst vaziyatga munosabat bildirdi.
Twente va Utrecht o'rtasidagi o'yin Anxel Alarkon hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirganidan so'ng, maydonga turli buyumlar uloqtirilgani sababli vaqtinchalik to'xtatildi. 🙂
Ispaniyalik futbolchi deyarli bir xil ko'rinishdagi ikkita gol urib, Utrechtni oldinga olib chiqdi.
Twente muxlislariga Alarkonning gollarni nishonlash uslubi yoqmadi. Hatto raqib jamoa futbolchisi Vaut Vegxorst ham bunga asabiylashib munosabat bildirdi.