#Vaut Vegxorst — yangiliklari

Chap ustun yangiliklari

Eredivisie: Tvente Rotterdamda yirik g'alabaga erishdi

Eredivisie: Tvente Rotterdamda yirik g'alabaga erishdi

Niderlandiya chempionatida "Tvente" "Ekselsior"ni 9:0 hisobida mag'lub etdi. Vaut Vegxorst poker qayd etdi, Sondre Eryaseter esa rekord o'rnatdi.

😀 ROTTERDAMDAGI TOR-MOR!

"Tvente" "Ekselsior" darvozasiga javobsiz to'qqizta (!) gol urdi, Vaut Vegxorst esa poker qayd etdi.

Sondre Eryaseter yangi rekord o'rnatdi va Eredivisie doirasidagi bitta o'yinda beshta (!) golli uzatmani amalga oshirgan bu asrdagi ilk futbolchiga aylandi.

Daan Rots Vaut Vegxorstni himoya qildi

Daan Rots Vaut Vegxorstni himoya qildi

Daan Rots ESPN efirida jamoadoshi Vaut Vegxorstga nisbatan bo'layotgan tanqidlarga munosabat bildirib, uni himoya qildi.

Daan Rots o'z jamoadoshi Vaut Vegxorstning xatti-harakatlari muxlislar va OAV tomonidan haddan tashqari qattiq nazorat qilinayotganini his qilmoqda.

"Tvente" futbolchisi ESPN efirida Vegxorstni himoya qildi. Masalan, Vaut "Qorabog'" darvozasiga gol urganidan so'ng Xudoga shukronalar keltirgani uchun qattiq tanqid qilingan edi.

Rots "Ayaks" hujumchisi Tolu Arokodareni misol qilib keltirdi, u PSV bilan muhim o'yin oldidan maydon markazida bir necha daqiqa ibodat qilgan edi:

Tolu ham PSV bilan o'yindan oldin maydon markazida turgandi va mening nazarimda, hamma bunga xotirjam munosabat bildirdi. Agar Vaut xuddi shunday qilganida, butun Niderlandiya unga tashlangan bo'lardi. Ba'zida o'ylayman: odamga yashashga imkon bering, boshqalarga bunchalik e'tibor qaratmang. Vaut bilan doim nimadir sodir bo'ladi.

O'ng ustun yangiliklari

Twente - Utrecht uchrashuvi vaqtinchalik to'xtatildi

Twente - Utrecht uchrashuvi vaqtinchalik to'xtatildi

Twente va Utrecht o'rtasidagi o'yin Anxel Alarkonning golidan so'ng yuzaga kelgan mojaro sababli to'xtatildi. Vaut Vegxorst vaziyatga munosabat bildirdi.

Twente va Utrecht o'rtasidagi o'yin Anxel Alarkon hisobni 1:2 ko'rinishiga keltirganidan so'ng, maydonga turli buyumlar uloqtirilgani sababli vaqtinchalik to'xtatildi. 🙂

Ispaniyalik futbolchi deyarli bir xil ko'rinishdagi ikkita gol urib, Utrechtni oldinga olib chiqdi.

Twente muxlislariga Alarkonning gollarni nishonlash uslubi yoqmadi. Hatto raqib jamoa futbolchisi Vaut Vegxorst ham bunga asabiylashib munosabat bildirdi.