Erik ten Xag Sondre Oryaseterni sotishdan bosh tortdi
Voetbal International xabariga ko'ra, Erik ten Xag Sondre Oryaseterni 20 million yevrolik taklifga qaramay, sotishdan bosh tortdi.
Voetbal International xabariga ko'ra, klublardan biri Sondre Oryaseter transferini taxminan 20 million yevro evaziga muhokama qilishga tayyor edi. 🙂
Bu summa transfer rekordi bo'lishi mumkin edi, biroq Erik ten Xag bunga rozi bo'lmadi: Oryaseter jamoada qolishi kerak.