Anxel Karmona mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi
Sevilla himoyachisi Anxel Karmona mashg'ulot vaqtida jiddiy jarohat oldi va mavsum yakuniga qadar safdan chiqdi.
💀 Luis Garsiyaning mashg'ulotlari qanday o'tishini bilmayman-u, ammo bugun yana bir dahshatli xabar kelib tushdi:
Bugun ertalab Karmona mashg'ulot vaqtida o'ng oyog'ining katta va kichik boldir suyaklarini sindirib oldi.
Ispaniyalik futbolchi bu mavsumda boshqa maydonga tushmaydi. Sog'lik tilaymiz, Anxel ❤️